Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 15-ноябрь 2024, 15:39
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Kam ta'minlangan oilalar farzandlariga maktab formasi sotib olinishida ko‘maklashiladi


Yangi o‘quv yili boshlanishi oldidan har yili maktab formalari keng muhokamaga sabab bo‘ladi.
Barchamizga ma'lum 2022/2023 o‘quv yilidan davlat umumiy o‘rta ta'lim muassasalarida o‘quvchilar uchun maktab formasi qat'iy belgilangan tartibda bo‘lishi aytilmoqda. Bunda ota-onalardan maktab yoshidagi farzandlari uchun yangi ust-bosh olishlariga to‘g‘ri keladi. Bunga barcha oilalarda ham imkon bo‘lmasligi mumkin. Shularni inobatga olgan holda kam ta'minlangan oilalar farzandlari uchun maktab formasi mahalliy byudjet hamda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan sotib olinishida ko‘maklashiladi, deya xabar bermoqda Xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmati.  Xabarda aytilishicha, 2022 yil 10 avgustdan har bir tuman (shahar)da maktab formasi ishlab chiquvchilarning savdo shoxobchalari tashkil etiladi. 
Ta'lim muassasasi tomonidan barchaga ko‘rinadigan joylarga maktab formasini qayerda va qanday tartibda xarid qilish mumkinligi to‘g‘risida tegishli e'lon joylashtiriladi hamda ota-onalar o‘rtasida tushuntirish ishlari olib boriladi.