Ta’til davrida bolalarning bo‘sh vaqtlarini maroqli o‘tkazish, dam olishlarini tashkil etish va ularni sog‘lomlashtirish maqsadida bolajonlarimiz uchun maktab qoshida "Kamalak" yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi 6-iyun sanasidan o‘z faoliyatini boshlaydi.Bunday oromgohlarning tashkil etilishi bolalarda o‘ziga ishonch va hurmat hissini ortishiga sabab bo‘ladi. Bu yerda raqobat yo‘q, bolalar o‘zlarini erkin his etishadi, tengdoshlari bilan muloqot qilishadi. “Yoz o‘tmoqda — soz!” shiori ostida oromgohda ko‘ngilochar o‘yinlar, "Mohir qo‘llar"
"Yosh informatiklar”
"Shaxmat-shashka"
"Let learn English” "Yosh kitobxonlar”
"Kamalak musiqa"
"Yosh rassomlar" to'garaklari, kinoteatr, musiqali o‘yinlar tashkil etiladi."KAMALAK" yozgi sog‘lomlashtirish maydonchasi soat 9⁰⁰ dan 13⁰⁰gacha dushanbadan jumagacha o‘z faoliyatini yuritadi.