Mamlakatimiz hududlarida o‘quvchilarning yozgi ta’tilni maroqli o‘tkazishi uchun mingdan ortiq oromgoh faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Ularning sakkiz yuzdan ortig‘i umumta’lim maktablari va kasb-hunar kollejlari qoshidagi kunduzgi oromgohlarga to‘g‘ri keladi.Bolalarning yozgi ta’tilini sermazmun tashkil etish maqsadida 288-maktabda "Kamalak" yozgi sog‘lomlashtirish oromgohida haftaning har bir kuni alohida nomlanib, o‘quvchilarga kun mavzusiga oid bilimlar berib borilmoqda. Yosh kitobxon, xorijiy tillar, musiqa, rasm va boshqa to‘garak mashg‘ulotlari bolalarga manzur bo‘lmoqda. O‘g‘il-qizlar futbol, voleybol, basketbol, badiiy gimnastika, shaxmat-shashka, stol tennisi, suzish va boshqa sport turlari bilan shug‘ullanishmoqda. Bunday shart-sharoitlar ularning sog‘lom o‘sishi, bilim va dunyoqarashini kengaytirish bilan birga bolajonlarning ona yurtimizga, uning betakror tabiatiga mehrini ham oshirmoqda.