Toshkent shahar prokurori topshirig‘iga ko‘ra, Mirzo Ulug‘bek va Yakkasaroy tumani xalq ta'limi bo‘limlari faoliyati o‘rganilib, tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi. Yig‘ilishni Toshkent shahar prokurori o‘rinbosari Habibulla Mirsoatov ochdi va olib bordi. Tadbirda mazkur tumanlarda erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda yo‘l qo‘yilayotgan xato-kamchiliklar haqida so‘z yuritildi. Kelgusida ushbu tumanlarda ta'lim sifati va samaradorligini oshirish, kamchiliklarni bartaraf etish hamda faoliyatni yanada yaxshilash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.