Toshkent shahar xalq ta'limi bosh boshqarmasi Darsliklar va adabiyotlar shu'basi tomonidan Mirzo Ulugbek tumanidagi 279-sonli umumta'lim maktabida "Eng faol maktab kutubxonachisi" ko‘rik-tanlovining shahar bosqichi o‘tkazildi. Tanlov yakunida Uchtepa tumanidagi 193-sonli umumta'lim maktab kutubxonachisi Yulduz Azimova birinchi o‘rinni egalladi. Yashnobod tumanidagi 153-sonli umumta'lim maktab kutubxonachisi Shaxnoza Eshmamatova ikkinchi hamda Shayxontohur tumani 84-sonli umumta'lim maktab kutubxonachisi Matluba Abdusattorova Matluba esa uchinchi pog‘onadan joy oldi.