Maktab darsliklari va mashq daftarlarining ijara to‘lovlari miqdorlari keskin oshirilishi munosabati bilan keng jamoatchilik, ota-onalar tomonidan bildirilgan e’tirozlar yuzasidan Prezidentimizga axborot berildi.
Maktab darsliklari bolalarning umumiy o‘rta ta'lim olishida favqulodda muhim o‘rin tutishini hisobga olib, hamda maktab o‘quvchilari va ularning ota-onalarini, qonuniy vakillarini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy adolatni ta'minlash maqsadida davlatimiz rahbari Vazirlar Mahkamasi va Xalq ta'limi vazirligiga maktab darsliklari va mashq daftarlarini bepul ijaraga berishni tezkor yo‘lga qo‘yish yuzasidan topshiriq berdi.