Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 15-ноябрь 2024, 15:39
 Bosh sahifa  Mobile versiya

"Voyaga yetmaganlar tomonidan jinoyatchilik va huquqbuzarlik sodir etilishini oldini olish choralari" mavzusida tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi

Poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi 288-sonli umumta'lim maktabida tuman Хalq ta'limi bo‘limi hamda tuman Ichki ishlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi bilan hamkorlikda "Voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilayotgan salbiy holatlar, o‘quvchi-yoshlarning nazoratsiz va qarovsiz qolishlari, ular tomonidan jinoyatchilik va huquqbuzarlik sodir etilishini oldini olish choralari" mavzusida tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi. Unda  O‘zbekiston Respublikasi IIV tashkiliy departamenti xodimi, polkovnik M.Ismoilov, tuman xalq ta'limi bo‘limi mudiri O.Yarashev,  tuman IIO FMB boshlig‘ining  birinchi o‘rinbosari, podpolkovnik  S.Mirzaraimov,  psixolog-inspektorlar, maktab direktorlari, ma'naviyat va ma'rifat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirok etdilar. Tadbir yakunida  kelgusida  hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.