Hurmatli xalq ta’limi tizimidagi maktab rahbarlari!
Xabaringiz bor, bugungi kunda mamlakatimizda barcha islohotlar “Inson qadri uchun” tamoyili asosida olib borilib, davlat tashkilotlari xalq uchun xizmat qilishi bugungi davlat siyosatining eng ustuvor vazifasi bo‘lmoqda.
Xalq ta’limi eng katta tizimlardan biri bo‘lib, 10 mingdan ortiq maktabda 700 mingdan ortiq soha xodimlari faoliyat yuritadi. Qariyb 6,4 mln o‘quvchi ta’lim oladi, tizimda hal etilishi lozim bo‘lgan masalalarning ko‘lami ham shunga mos ravishda juda ko‘p.
Albatta, Xalq ta’limi vazirligi har bir maktabga bir vaqtning o‘zida borib, muammolarni hal etishi imkonsiz.
Shu bois, respublikadagi 10 mingdan ortiq maktablarda mavjud tizimli yoki o‘ziga xos bo‘lgan muammolarni o‘rganish va ularni hal etib borish orqali maktablarda ta’lim-tarbiya jarayonlarini yaxshilash maqsadida maxsus bot @direktor_murojaati_bot tashkil qilindi.
Ushbu Telegramm-bot orqali Siz rahbarlik qilayotgan maktabingizdagi ta’lim, tarbiya, kadrlar masalasi, o‘quvchilar uchun sharoitlarni yaxshilash, mahalliy hokimlik va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikdagi masalalar yuzasidan murojaat etishingiz, sohani rivojlantirish bo‘yicha takliflar berishingiz mumkin.
Vazirlik mutasaddilariga Sizning muammo va takliflaringizni ko‘rib chiqib, yechimini topish uchun tegishli choralarni ko‘radi.
Xalq ta’limi vazirligi barcha maktab direktorlarini hamkorlikda ta’lim tizimini rivojlantirishga faol bo‘lishga chaqiradi!
Xalq ta’limi vazirligi