Toshkentda “Osiyo ramzi” hisoblanmish "Xon atlas" kuni bo‘lib o‘tdi. Asosiy maqsadi kelajak avlodni milliy qadriyatlarga munosabatini shakllantirish, milliy madaniyat ramzlarini saqlab qolishga va ko’paytirishga harakat qilish hisoblanadi. Kun davomida milliy matolarimiz bo’lmish xon atlas, beqasam, adras va turli hunarmandchilik namunalari bilan tanishish imkoniyati taqdim etildi. Jumladan, 288-maktabda ham bir qator tadbirlar o‘tkazildi, o‘quvchi qizlarimizga xon atlasning kelib chiqish tarixi va shakllanish bosqichlari, shuningdek, ushbu milliy matoni ishlab chiqarish texnologiyasi va dizayni haqidagi qiziqarli va mazmunli ma’ruzalar o’qib eshittirildi. Kunning o’ziga xos jihati shunda ediki, tashrif buyurgan har bir o‘qituvchi-yu o‘quvchi ramziy ravishda xon atlasdan tikilgan liboslarda edilar.