Bugun maktabning 6-7-sinf o'quvchilari bilan "Qari bilganni-pari bilmas" mavzusida mahallaning ibratli keksa-nuroniylari davrasida suhbat tashkil etildi. O’quvchi yoshlar bugungi kunda davlatimiz tomonidan ularga ko‘rsatilayotgan e’tibor va musaffo osmonimizning qadriga yetish, uni asrab-avaylash kerakligi haqida dildan suhbat qurdilar. Tadbir so’ngida esa nuroniy onaxon qo‘llarini duoga ochib, yurtimiz tinchligi bardavom bo‘lib, farovonlik, go‘zal hayotga, mehr-oqibatli, saxovatli xalqimizga ko‘z tegmasligini tiladilar. Ushbu samimiy uchrashuv o'quvchilarda katta taassurot qoldirdi.