Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 15-ноябрь 2024, 20:29
 Bosh sahifa  Mobile versiya

“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlandi

Xalq ta’limi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirliklarining qo‘shma qaroriga muvofiq, har yili o‘quvchilari “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlagan umumta’lim maktablarining 100 nafar eng yaxshi “Informatika va axborot texnologiyalari” fani o‘qituvchilari bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari miqdorida bir martalik mukofot puli bilan taqdirlab kelinmoqda.
Jumladan, bu yil ham o‘quvchilari “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlagan umumta’lim maktablarining 100 nafar eng yaxshi “Informatika va axborot texnologiyalari” fani o‘qituvchisi 5400000 so‘m miqdorda pul mukofotini qo‘lga kiritdi. Ular orasida Yunusobod tumanidagi 105-sonli umumta’lim maktabi o‘qituvchisi Maftuna Normo‘minova hamda Yashnobod tumanidagi 198-sonli umumta’lim maktabi o‘qituvchisi Shaxnoza Abdulqosimovalar ham taqdirlandi.