O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 26 apreldagi “Ta’lim muassasalarida yo‘l harakati qoidalari targ‘ibotini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 212-son qarorining 4-v bandi Ichki ishlar vazirligiga Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda «Harakat xavfsizligi sinfxonalari» namunaviy loyihalarini ishlab chiqib, ushbu loyihalar asosida 2022 — 2025 yillarda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida «Harakat xavfsizligi sinfxonalari»ni tashkil etish dasturini tasdiqlash vazifasi yuklatilgan.
Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq ta’limi vazirligi boshchiligida ishchi guruh a’zolari poytaxtimizdagi 288-sonli maktabida bo‘lib IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan homiylik asosida 2020 yilida tashkil etilgan “Harakat xavfsizligi sinfxonasi” bilan tanishildi.
Shu bilan birga, ishchi guruh tomonidan qarorga asosan IIV JXD YHX xizmati tomonidan tayyorlangan loyiha dasturi ko‘rib chiqilib tegishli xulosa tayyorlandi.
(Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil12 iyuldagi “2022-2026 yillar davomida amalga oshirilishi mo‘ljallangan “Xavfsiz va ravon yo‘l” umummilliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 316-son qarori bilan Ichki ishlar vazirligiga 2022-2026 yillar davomida yo‘l harakati qoidalari o‘rgatish sinfxonalarini tashkil etish vazifasi belgilangan).
Qarorga asosan Ichki ishlar vazirligi tomonidan 2022 yil yakuniga qadar 993 ta umumta’lim maktablarida yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatish sinfxonalarini tashkil etishi ko‘zda tutilgan.
Ushbu dasturni moliyalashtirish manbasi etib, Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, xodimlarni rag‘batlantirish va mukofotlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tashkil etish belgilangan.