Toshkent shahar Yunusobod tumani 288-sonli umumta'lim maktabida joriy yilning 7-dekabr sanasida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30-yilligi munosabati bilan "Konstitutsiya - baxtimiz qomusimiz" mavzusida tadbir o'tkazildi. Tadbirda o'quvchilar qomusimizga bag'ishlab she'r va qo'shiqlar ijro etdilar. Ta'limga oid moddalaridan misollar keltirildi. Tadbir o'quvchilarga manzur bo'ldi.