Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 15-ноябрь 2024, 20:29
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Maktabimizda "O'z o'qigan maktabingga 5 ta kitob hadya et" aksiyasi davom etmoqda

Kitob – ilm manbai, deydi dono xalqimiz. Ayniqsa, yosh avlodni ma’naviy sog‘lom va barkamol etib tarbiyalashda, tafakkur xazinasini boyitishda kitob mutolaasining o‘rni beqiyosdir. Shuning uchun ham, azal-azaldan ilm manbai, ma’naviyat xazinasi sanalgan kitobga munosabat inson ma’naviyatini ko‘rsatadigan muhim omillardan biri hisoblangan. Shunga ko‘ra, o‘quvchi–yoshlarni kitobxonlikka qiziqishini oshirish, bilim olish va dunyoqarashini boyitib borish maqsadida maktabimizda "O'z o'qigan maktabingga 5 ta kitob hadya et" aksiyasi tashkil etildi. Bu aksiya davomida maktabning barcha sinf o'quvchilari o'qituvchi boshchiligida faol ishtirok etib, maktab kutubxonasiga yangi kitoblar hadya etib kelishmoqda. Bunday aksiyalarning tashkil etilishi orqali o'quvchilarni kitobga bo'lgan qiziqishlarini yanada oshirish, kitobga mehr qo'yish tuyg'ularini shakllantirishni ko'zda tutadi. Bu kitoblar kelgusi avlodlarga ham hikmatli o‘gitlardan bahramand bo‘lishida muhim ahamiyat kasb etishi shubhasiz.