O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-apreldagi "Ta'lim muassasalarida yo'l harakati qoidalari targ‘ibotini kuchaytirish to‘g‘risida"gi 212-sonli qarori ijrosi yuzasidan ta'lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan 185 nafar sinf rahbarlari uchun o‘quv-seminari tashkil etildi. Seminarda Toshkent shahar IIBB YXXB Axborot xizmati katta inspektori Sh.Safarov, Yunusobod tuman prokurorining katta yordamchisi Z.T. Mavlonova, tuman xalq ta'limi bo‘limi sho‘'ba mudiri D.Mo'minova ishtirok etdilar. Mutaxassislar tomonidan o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida yo'l harakati qoidalari bo‘yicha targ‘ibot ishlarini yanada kuchaytirish yuzasidan bir qator vazifalar belgilab berildi.