Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 15-ноябрь 2024, 20:29
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Prezident sovrini uchun o‘tkaziladigan "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining tuman bosqichiga start berilmoqda

Joriy yilning 19-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenting sovrini uchun "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining tuman (shahar) bosqichi o‘tkaziladi.
Tanlovda joriy holatga ko‘ra Respublika bo‘ylab 6885 ta maktablar Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining axborot tizimda ro‘yxatdan o'tgan.
Tanlovning birinchi (tuman) bosqichida maktab jamoalarining bilimlari A,B va C bo‘limlardan iborat bo‘lgan 3 ta yo‘nalishda: grammatika, o‘qib tushunish va lug‘at boyligi bo‘yicha sinovdan o‘tkaziladi. Har bir yo‘nalish bo‘yicha savollar qiyinlik darajasi oddiydan murakkabga tomon CEFR shkalasi bo‘yicha A1 dan C1 darajagacha oshib boradi. 
Tuman (shahar) bosqichida umumiy natijalarga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan maktab g‘olib deb topiladi hamda keyingi bosqich (viloyat bosqichi)ga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. Bundan tashqari, 1-,2- va 3-o‘rinlarni egallagan maktablar sovrindor deb topilib, mos ravishda 100 million, 75 million va 50 million so‘m miqdorida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini bilan mukofotlanadilar.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi barcha ishtirokchi maktablarga omad tilaydi!