Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 15-ноябрь 2024, 20:29
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Vazirlik va Portsmut universiteti o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi

London shahrida Butunjahon ta’lim forumida ishtirok etayotgan Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Buyuk Britaniyaning Portsmut universiteti prorektori Bobby Mehta bilan anglashuv memorandumini imzoladi.
Mazkur memorandum doirasida tomonlar:
▶️  Portsmut universiteti filologiya fakulteti bitiruvchi talabalarining Respublikamiz umumiy o‘rta ta’lim maktablarida mahalliy chet tili o‘qituvchilari bilan juftlikda dars berish tizimini yo‘lga qo‘yish,
▶️  Vazirlik tizimidagi lider maktab direktorlari uchun  Portsmut universiteti tomonidan Buyuk Britaniyada 2 haftalik malaka oshirish kurslarini tashkil etish,
▶️Portsmut universiteti Kasbiy rivojlanish va amaliy ta’lim yo‘nalishi rahbari Doktor Stiven Korbetni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining xorijiy tillar islohotlari yo‘nalishida maslahatchisi etib tayinlanishi yuzasidan kelishib olishdi.
❗️ Shuningdek, O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi hamkorligida,  Respublikamizning maktabgacha va maktab ta’lim muassasalarida faoliyat olib borishi ko‘zda tutilgan Portsmut, Glazgo, Manchester Metropolitan, Vorvik, Notingem Trend, London hamda Oksford universitetlari o‘qituvchilari va bitiruvchi talabalari uchun mavjud bo‘lgan sharoitlar, ta’lim tizimimizdagi yutuqlar va istiqboldagi rejalar haqida taqdimot o‘tkazildi.