Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 15-ноябрь 2024, 20:29
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Bugun "Eng yaxshi boshlang'ich ta'lim o'qituvchisi" tanlovining tantanali taqdirlash marosim bo'lib o'tdi

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi hamda “Registon” o'quv markazi hamkorligida uyushtirilgan tanlovda bir yarim ming nafarga yaqin pedagog-o'qituvchi ishtirok etdi.
Tanlovda jami 95 ball jamg'argan Mirobod tumanidagi 294-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi o'qituvchisi Norgul Ikromova faxrli birinchi o'rinni egalladi. Yakkasaroy tumanidagi 127-sonli umumta'lim maktabi o'qituvchisi Tatyana Kolotova (93 ball) hamda 91-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi vakili Shaxnoza Mahmudova (92 ball)lar keyingi o'rinlarni band etdi. G'olib va sovrindorlarga sertifikat, pul mukofoti hamda sanatoriyga yo'llanmalar topshirildi.
Shuningdek, dastlabki kuchli elliktalikdan joy olgan ishtirokchilar ham maxsus esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.