Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 15-ноябрь 2024, 20:29
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Yunusobod tumanidagi 273-sonli umumta'lim maktabi faollar zalida “Korrupsiyaga qarshi kurashish - barchamizning burchimiz" mavzusida seminar bo'lib o'tdi

Unda Yunusobod tumani IIOFMB boshlig'i  A.A.Shermuhammedov, Yunusobod tumani prokuraturasi korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarni oldini olish departmenti xodimi M.Nuriddinovlar ishtirok etdi.
Tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i Ochil Yarashev rahbarligida o'tkazilgan tadbirda davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari hamda maktab direktorlari qatnashdi. Unda «Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi qonuni talablariga muvofiq korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko'rish, ularning sodir etilishiga ko'maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.



Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati