Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 15-ноябрь 2024, 20:29
 Bosh sahifa  Mobile versiya

“Umumta’lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalarni belgilab olish” mavzusidagi Respublika o‘quv-seminari davom etmoqda

Bugun tadbir avvalida ishtirokchilar o’rtasida bo’lib o’tgan “Zakovat” o’yinining g’oliblari taqdirlandi. 
Shundan so’ng, boshqaruv xodimlarida ijobiy va samarali boshqaruv usullarini shakllantirish, faoliyat doirasida nizoli vaziyatlardan chiqish, strategiyalarni tanlash va xodimlar bilan do’stona munosabatlarni o’rnatish bo’yicha ko’nikmalarni shakllantirish yuzasidan amaliy trening boshlandi. 
Shuningdek, o’quv seminari davomida spikerlar tomonidan quyidagi yo’nalishlarda ma’ruzalar bo’lib o’tdi: 
Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasida belgilangan kompetensiyalar,
Umumta’lim maktablarida diniy-ma’rifat va dunyoviy axloq asoslarini o‘qitish,
“Yoshlar balansi”ni shakllantirish, yoshlar to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarni elektron platformaga kiritib borish, ular bilan samarali ishlash.
Ishtirokchilar umumta’lim maktablarining yangi tahrirdagi “Odob-axloq qoidalari”ni muhokama qilib, o’z takliflarini bildirishdi.