Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida "Times Higher Education" tashkiloti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda vazir o‘rinbosari Uzoqboy Begimkulov, “Times Higher Education” reyting agentligining global masalalar bo‘yicha bosh direktori Fil Bati hamda tashkilotning Yevropa va Buyuk Britaniyadagi tijoriy direktori Lachin Italmazova ishtirok etishdi.
Uchrashuv avvalida mazkur reyting agentligi bilan hamkorlik aloqalarining yaxshilanib borayotgani, xususan bugungi kunda "Yangi O‘zbekiston" universitetida o'ziga xos tadqiqot faoliyati yo‘lga qo‘yilganini ta'kidlab o‘tildi.
Uchrashuv doirasida tomonlar 2024-yilda O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan "Markaziy Osiyo universitetlari forumi"ga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan fikr almashishdi.