Xabar berganimizdek, bir guruh maktab direktorlari Angliyadagi Portsmut universitetida kasbiy rivojlanish mashg’ulotlarida ishtirok etishmoqda.
Bugungi treninglarda:
➖ o’quvchiga yo’naltirilgan ta’lim,
➖ maktab direktorlari uchun o’quvchining manfaatlarini birinchi o’ringa qo’yish hamda
➖ o’quv dargohida bolalar uchun har tomonlama qulay muhit yaratish haqida so’z bordi.
Kunning ikkinchi yarmida esa ta’limdagi o’zgarishlar va islohotlarni amaliyotga joriy etishdagi risk va muammolar hamda ta’limda natijaga erishish uchun inobatga olinishi lozim bo’lgan jihatlar haqida seminar bo’lib o’tdi.
Eslatib o’tamiz, Portsmutdagi kasbiy rivojlanish mashg’ulotlari 2 hafta davom etadi.