Poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi 288-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida yo‘l transport hodisalarini oldini olish, maktablarda tashkil etilgan "Yosh targ‘ibotchi" klublar faoliyati samaradorligini yanada oshirishga bag‘ishlangan seminar-trening uyushtirildi.
Unda Yunusobod tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi, Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi, tumani ichki ishlar xodimlari, maktablarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirok etdi.
Mutaxassislar tomonidan mahorat darslari o‘tildi. Shuningdek, maktab o‘quvchilari olgan bilimlari asosida amaliy mashg‘ulotlarda qatnashdi.
Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati