Hamkorlik doirasida universitet tomonidan umumta'lim maktablariga ilmiy-metodik yordam ko'rsatish, ilg'or pedagogik texnologiyalarni joriy etishga, zamonaviy o'qitish uslublarini ta'lim jarayoniga tatbiq etishga ko'maklashish, ilm-fan, innovatsion va ratsionalizatorlik qobiliyatlarini rivojlantirishda ko'maklashish hamda o'qituvchilarning malakasini oshirish maqsadida qisqa muddatli kurslarini tashkil qilish kabi masalalarda kelishib olindi.
Unda o'quvchilarni ikkita xorijiy til va kasb-hunar o'rgatish amaliyoti yo'lga qo'yilgan tayanch umumiy o'rta ta'lim muassasalari direktorlari ishtirok etdilar.
Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati