Kuni kecha Davlatimiz rahbari boshchiligida ijtimoiy sohadagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda maktab o‘quvchilarining ta’lim-tarbiya masalalarini uzviy tashkil etish bo‘yicha mas’ul vazirlik va tashkilotlar oldiga aniq vazifalar belgilab berilgan edi.
Shu maqsadda maktablardagi inspektor-psixologlar shtati Ichki ishlar vazirligidan Milliy gvardiya tizimiga o‘tkazildi.
Bugun Maktabgacha va maktab vaziri Hilola Umarova, Milliy gvardiya qo‘mondoni, general-mayor Rustam Djurayev ishtirokida mazkur tizim xodimlaridan iborat Ishchi guruhning kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda keltirilgan vazifalarni hamkorlikda amalga oshirish bo‘yicha navbatdagi vazifalar belgilab olindi.
Xususan, o‘quvchilar ta’lim-tarbiyasini uzviy tashkil etishda ota-onalar va keng jamotchilik vakillari bilan amalga oshiriladigan ishlar atroflicha muhokama qilindi.