Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan «Tizimli metodik xizmat – ta'lim sifati garovi» mavzusida seminar-trening uyushtirildi.
Tadbir umumta'lim maktablarida lavozimga yangi tayinlangan, yosh o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarlari uchun o'quvchilarda zamonaviy ko'nikmalarni shakllantirish, ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan metodik xizmat ko'rsatish, ta'lim sohasidagi islohotlarni amaliyotga samarali tatbiq etish maqsadida tashkil qilindi.
Bugun "Toshkent tajribasi" sifatida "Yosh o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarlari maktabi” faoliyatining birinchi o'quv-amaliy seminari Yunusobod tumanidagi 220-sonli maktabda bo'lib o'tdi.
Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati