Tadbirda ishtirok etgan vazir o'rinbosari Farhod Boqiyev yurtimizda so'nggi yillarda pedagoglarning nufuzini oshirish, ta'lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilayotganligini ta'kidlab o'tdi.
Shundan so'ng tizimda faoliyat yuritayotgan 8 nafar ustoz-pedagoglarga I va II darajali "Mehnat faxriysi" ko'krak nishoni tantanali ravishda topshirildi.
Tadbirda so'z olgan mehnat faxriylari ham sohadagi ijobiy o'zgarishlarni alohida e'tirof etib, ko'rsatilgan e'tibor uchun minnatdorlik bildirishdi.