Kecha Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligida Respublika taʼlim markazining “Texnologiya” fani boʻyicha Ilmiy metodik kengashning navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
➖ Unda vazirlik masʼullari, Texnologiya fani mutaxassislari, olimlar, amaliyotchi oʻqituvchilar, Respublika taʼlim markazi metodisti ishtirok etishdi.
❗️Bugungi Ilmiy kengashda umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 5-sinf Texnologiya fani oʻquv dasturi muhokama qilindi.
Jumladan:
➖ Dasturga kiritilgan yangi “Zamonaviy texnika va texnologiyalar” bobi orqali o'quvchilarni kasb hunarga yo'naltirish, zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan tanishish,
➖Duradgorlik ustaxonasi, yog'ochlardan buyum yasash bosqichlari,
➖Xalq hunarmandchiligi ish usullari, ijtimoiy - iqtisodiy texnologiya asoslari,
➖Robototexnika yo'nalishidagi mavzular,
➖O'zbek milliy osxonasi,
➖Tikuvchilik, zamonaviy kashtachilik
➖ Agrotexnologiyaning asosiy yo'nalishlari, bog'dorchilik, gidraponika kabi mavzular tahlil qilindi.
Shuningdek, STEAM yondashuvi asosida mavzular ham takomillashtirildi.
⚡️Kengash davomida mutaxassislar tomonidan oʻquv dasturda Texnologiya fanini oʻqitishda oʻquvchilarda XXI asr koʻnikmalarini rivojlantirish zarurligi haqida mulohazalar oʻrtaga tashlandi.