Bugun Namangan viloyatida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova boshchiligida sohani rivojlantirishga doir yig‘ilish bo'lib o'tdi. Tanqidiy ruhda o‘tkazilgan yig‘ilishda Namangan viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ullari, tuman va shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘lim mudirlari ishtirok etdi. Yig‘ilish doirasida tuman mudirlari o‘z hududidagi ta’lim sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha taqdimot qilishdi. Taqdimotlarda barcha tuman mudirlarning yillik rejalari, amalga oshirilayotgan ishlar va loyihalari bilan tanishildi.
Shuningdek, uchrashuv davomida:➖ maktablarda joriy etilgan yangi baholash tizimi,
➖ maktabgacha ta’lim tizimiga qamrov darajasini oshirish;
➖ o‘qituvchilarga toifa berish jarayonlarini shaffof o‘tkazish;
➖ ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash,
➖ aholidan kelib tushgan murojaatlarni joyida hal qilish haqida so‘z bordi.