Vazirlar Mahkamasining “Sifatli taʼlimni taʼminlashda ijobiy natijalar koʻrsatayotgan umumiy oʻrta taʼlim maktablari rahbariyati hamda oʻqituvchilariga ustama berish tartibini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori eʼlon qilindi.
Unga koʻra:
➖ 2023-2024-oʻquv yilidan boshlab oʻqitish va bilimni baholashning yangi tartibi joriy etilgan respublikadagi 500 ta umumiy oʻrta taʼlim maktablarining har biriga 2024-2025-oʻquv yilidan boshlab 2 tadan maktab biriktirilib, yangi tizimning qamrovi kengaytiriladi;
➖ 2024-2025-oʻquv yilidan boshlab oʻqitish va bilimni baholashning yangi tartibini samarali joriy etgan, oʻquvchilari ijobiy koʻrsatkichlarni qayd etayotgan umumiy oʻrta taʼlim maktablari rahbariyati hamda oʻqituvchilariga ularning tarif stavkasiga nisbatan 40 foizgacha ustama berish tartibi joriy etiladi;
Ustamalar baholash oʻtkazilgan oʻquv yilidan keyin keladigan oʻquv yilidan (1-sentabrdan) boshlab bir kalendar yil davomida toʻlanadi.