Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 15-ноябрь 2024, 15:39
 Bosh sahifa  Mobile versiya

"Maktab chempionlari" loyihasi doirasida seminar-treninglar bo‘lib o‘tmoqda

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan Britaniya Kengashi va Norvich til ta’limi instituti hamkorligida "Maktab chempionlari" loyihasi doirasida seminar-treninglar bo‘lib o‘tmoqda.

Ikki kun davom etuvchi ushbu o‘quv mashg‘ulotlarida respublikamiz bo'ylab ingliz tili fani ustozlari ishtirok etishmoqda.

Ushbu loyihaning maqsadi unda ishtirok etuvchi milliy konsultantlarni tayorlash hamda istiqbolda maktablar jamoalari bilan ishlashlariga ko‘maklashishdan iborat. 

Mahorat darslari Norwich Til ta'limi instituti direktori Tom Kiddle tomonidan o'tkazilmoqda. 

Trening doirasida:
➖uzluksiz kasbiy rivojlanish konsepsiyasi haqida umumiy tushunchani shakllantirish, 
➖o’qituvchilarning o’z ustida ishlashini qo‘llab-quvvatlash,
➖ o‘qituvchilari orasida uzluksiz ta’lim olish muhitini shakllantirish yo‘llari muhokama qilindi.