Ayni damda Londonda bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon ta’lim forumida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etmoqda.
Tadbir Buyuk Britaniya ta’lim davlat kotibi va vaziri Djillian Kigan tomonidan ochib berildi hamda nufuzli spikerlar tomonidan ma'ruzalar tashkil etildi.
Forumning birinchi kunida bo'lib o'tgan yalpi majlisda:
➖ta'limga yangi metodikalarni joriy etish,
➖sun’iy intellektdan foydalanish,
➖ta'lim madaniyatini yaratish kabi masalalar muhokama qilindi.
Ma'lumot o'rnida: ushbu nufuzli tadbirda jahonning 100 dan ortiq mamlakatlari va 70 dan ziyod Ta'lim vazirlari qatnashishmoqda.