Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 15-ноябрь 2024, 15:39
 Bosh sahifa  Mobile versiya

“Kelajak taʼlim makoni” mavzusida xalqaro taʻlim forumi bo‘lib o‘tmoqda

Ayni damda Rossiya Federatsiyasining Vladivostok shahrida “Kelajak taʼlim makoni: yangi kompetensiyalar, innovatsiyalar, texnologiyalar” mavzusida xalqaro taʻlim forumi bo‘lib o‘tmoqda.  
Mazkur forum O'zbekiston va Rossiya ta'lim vakillari hamkorligida o‘tkazilayotgan to'rtinchi forum bo'lib, unda ikki tomonning 150 ga yaqin ta'lim sohasi vakillari ishtirok etishmoqda.  
➖ Forum yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari Odil Abdurahmonov, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining birinchi o'rinbosari Usmon Sharifxodjayev, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyevlar ham so‘zga chiqishdi.
Unda ikki davlat o‘rtasida ta'lim sohasida olib borilayotgan hamkorliklar va yangi yo‘nalishlar, istiqboldagi rejalar haqida so‘z bordi.