Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Britaniya Kengashi va Norvich til ta’limi instituti bilan hamkorlikda ingliz tili ustozlari uchun kasbiy rivojlanish treninglari tashkil etildi.
Mahorat darslari Norwich Til ta’limi instituti direktori Tom Kiddle tomonidan o‘tkazilib, unda innovatsion texnologiyalar asosida ta’lim berish, o‘quvchiga yo‘naltirilgan ta’lim, darslarda zamonaviy metodikalardan foydalanish kabi mavzularda so‘z bormoqda.
"Maktab chempionlari"loyihasi doirasida tashkil etilgan ushbu tadbirda butun Respublikamizdan ustozlar ishtirok etishmoqda.
Treninglar davomida o‘qituvchilar o‘rtasida “Mening kasbiy sayohatim” mavzusida interaktiv mashg‘ulotlar tashkil etildi.
Unda ustozlar dars jarayonlari hamda kasbiy faoliyatlari davomidagi muhim tajribalar hamda metodika haqida fikr almashishdi.
Kelgusida ushbu ustozlar o‘z hududlaridagi hamkasblari bilan bu yerda o‘rgangan bilimlarini bo‘lishishadi.
Trening jarayonlari 12-iyulga qadar davom etadi.