Umumta'lim maktablarda xavfsiz hududni yaratish, tinchlik va osoyishtalikni saqlash maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan Toshkent shahar Qo‘riqlash boshqarmasi tomonidan Yunusobod tumanidagi umumta’lim maktablarida tunu-kun xizmat olib borayotgan qorovul xodimlari ishtirokida, ularga yuklatilgan xizmat vazifalarini sergaklik va hushyorlik bilan bajarishlari, maktab va uning mol-mulkini qo‘riqlash, maktab hududida fuqarolar, maktab ma’muriyati, o‘quvchilar va maktabga tashrif buyurganlarning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha o‘quv-seminar mashg‘ulotlari o‘tkazildi.