Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Gyote-Institutining Oʻzbekistondagi filiali hamkorligida oʻquvchilarni zamonaviy kasblarga qiziqtirish hamda ularning ishchi kasblar haqida tasavvurlarini kengaytirish maqsadida “VR-Profi Hub” loyihasi amalga oshirilmoqda.
Loyiha doirasida umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining IT dasturlash sohasiga qiziquvchi oʻquvchilari oʻrtasida “VR-Profi Hub Challenge: IT-kasblar dunyosiga shoʻngʻi!” tanlovi tashkil etilmoqda.
➖ Mazkur tanlovning respublika bosqichi boshlandi. Unda tanlovning hududiy bosqichlarida gʻolib boʻlgan 16 nafar ishtirokchi qatnashadi.
Tanlov joriy yilning 8-avgustiga qadar davom etadi.