Joriy yilning 12-15-avgust kunlari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan Koreya Respublikasi delegatsiyasi bilan pedagoglar malakasini oshirish maqsadida o’quv kurslari tashkil etilmoqda.
Bugun mashg’ulotlar oldidan O’zbekiston va Koreya vakillari hamda informatika fani o’qituvchilari ishtirokida tadbirning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Koreya delegatsiyasi mas’ullari so’zga chiqib, treninglar malakali mutaxassislar tomonidan olib borilishini alohida taʼkidladi.
Tadbir yakunida Koreya Respublikasining Chungcheongnam-do provinsiyasi taʼlim departamenti tomonidan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga 30 dona noutbuk, elektron doska, router beg‘araz va moddiy ko‘mak sifatida taqdim etildi.