Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 14-ноябрь 2024, 21:04
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Maktabgacha ta'lim tizimi pedagog-kadrlari tajriba oshirishmoqda

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi delegatsiyasi Koreya Respublikasida o‘tkazilayotgan “O‘zbekistonda bolalarga yo‘naltirilgan taʼlim muhitini yaratish bo‘yicha malaka oshirish” mavzusidagi o‘quv kurslarida ishtirok etmoqda.
Mazkur tadbir KOIСA ishtirokidagi “Maktabgacha taʼlim tizimidagi pedagog kadrlarni salohiyatini oshirish maqsadida, kadrlar tayyorlash, o‘qitish va rivojlantirish kompleks markazini qurish” grant loyihasi doirasida tashkil etilgan.
Treninglardan ko‘zlangan maqsad:
➖ maktabgacha taʼlim tashkilotlarida rivojlantiruvchi va o‘yin muhitini tashkil etishning yangicha yondashuvlarni o‘rganish va amaliyotga joriy etish;
➖ maktabgacha yoshdagi bolalarning ehtiyojlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda, ularning emotsional farovonligini qo‘llab-quvvatlash;
➖maktabgacha yoshdagi bolalarning faoliyat turlari (o‘yin, harakat, intellektual, mustaqil, ijodiy, badiiy, teatr kabi) uchun shart-sharoitlar yaratish;
➖bolalar va kattalar o‘rtasida hamkorlikni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.