Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 14-ноябрь 2024, 21:04
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Davlat mustaqilligining 33 yilligiga bag‘ishlangan bayram shodiyonasi bo‘lib o‘tdi

“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida mamlakatimiz davlat mustaqilligining 33 yilligiga bag‘ishlangan bayram shodiyonasi bo‘lib o‘tdi. Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi. Davlatimiz rahbari ko‘p millatli xalqimizni bugungi ulug‘ ayyom bilan chin qalbdan tabriklab, barchaga o‘zining yuksak hurmati, ezgu tilaklarini izhor etdi.
Hozirgi kunda Yangi O‘zbekistonni barpo etishda asosiy e'tibor 5 ta ustuvor yo‘nalishga qaratilayotgani ta'kidlandi.
Bular:
sifatli ta'lim tizimini yo‘lga qo‘yish;
biznesni rivojlantirish;
korruptsiyadan xoli, adolatli sud tizimini yaratish;
sog‘liqni saqlash sohasini tubdan yaxshilash;
ekologik barqarorlikni ta'minlash.
“Muammolarimizning yechimi, savollarimizning javobi faqat va faqat ta'limda. Hamma eshiklarni ochadigan kalit ham – faqat va faqat ta'lim va tarbiyadir. Shu sababli maktab ta'limini isloh qilish bo‘yicha katta dastur qabul qildik. Maktablarimizda avvalo ona tili va adabiyotini chuqur o‘rgatishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Farzandlarimizga chet tillaridan sifatli ta'lim berish maqsadida xorijiy til egalarini olib kelmoqdamiz. Maktab o‘quvchilari jahondagi ilg‘or tajribalar asosida tayyorlangan zamonaviy darsliklar bilan ta'minlanmoqda”,- dedi Prezident.