Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova KOICA tashkiloti prezidenti Chang Von Sam bilan uchrashdi. Ushbu uchrashuv Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) prezidenti Chang Von Sam boshchiligidagi delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifi doirasida amalga oshirildi.
Ma'lumot uchun: delegatsiya tashrifidan maqsad — Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yolning O‘zbekistonga Davlat tashrifi natijasida erishilgan kelishuvlar doirasidagi loyihalarni jadallashtirishdan iborat.
Ikki tomonlama muloqot davomida hamkorlikdagi loyihalar hamda istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.
Uchrashuv so‘ngida Vazirlik hamda Agentlik rahbariyati o‘zaro aloqalarni mustahkamlashga kelishib olishdi.