Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 14-ноябрь 2024, 21:04
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Vazirlik tizimidagi barcha hududiy rahbarlar ilk bora birgalikda xorijda malaka oshirishmoqda

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi hududiy bo‘linmalar rahbarlari va vazirlik markaziy apparati xodimlari ishtirokidagi delegatsiya ayni vaqtda Janubiy Koreya Respublikasida bo'lib turibdi. 
Bundan ko‘zlangan maqsad — maktabgacha va maktab taʼlimi sohasida Koreyaning ilgʻor tajribasi, xususan, Koreya amaliyotida taʼlim, boshqaruv tizimi va pedagog kadrlar malakasini oshirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar va yechimlarni joriy etish yuzasidan tajriba almashishdan iborat.

Uchrashuvlar doirasida o‘quv seminarlari va ochiq muloqotlar oʻtkazish hamda bir qator taʼlim muassasalari, xususan:
➖Handulmulbit bolalar bog‘chasi,
➖Mosan boshlang‘ich maktabi,
➖Sejon Jang Yeongsil yuqori maktabi,
➖Koreya Milliy Ta'lim instituti faoliyati bilan tanishish ham rejalashtirilgan.

Tadbirlar davomida, shuningdek Koreyaning diqqatga sazovor maskanlari va tarixiy qamdajolari bilan tanishish ham ko‘zda tutilmoqda.

Uchrashuvlar joriy yilning 29-sentabriga qadar davom etadi.