Tadbirda tumandagi mavjud 43 ta maktabga biriktirilgan inspektor-psixologlarga tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo'limi tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg'alari taqdim etildi.
Ko'tarinki ruhda o'tgan bayramda maktab o'quvchilari tomonidan kuy-qo'shiqlar va raqslar ijro etildi. Shuningdek, maktab qoshidagi "Turon" teatr studiyasi jamoasi ijro etgan sahna ko'rinishlari tadbirga yanada fayz kiritdi.
Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati