Fizika va kimyo fanlari boʻyicha O‘qituvchilar olimpiadasining Respublika bosqichi bo‘yicha mutlaq g‘olib va sovrindorlari aniqlandi.
Ular bilan quyida tanishishingiz mumkin:
Kimyo fani boʻyicha,
🥇1-o‘rin: Sardor Zokirov - Toshkent shahar, Yunusobod tumani 9-IDUM o‘qituvchisi;
🥈2-oʻrin: Doniyor Tohirov - Namangan viloyati, Chust tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi o‘qituvchisi;
🥉3-oʻrin: Omadillo Zokirov - Andijon viloyati, Marhamat tumani Ixtisoslashtirilgan maktabi o‘qituvchisi.
Fizika fani boʻyicha,
🥇1-o‘rin: Asliddin Fayzullayev - Toshkent shahar, Olmazor tumani 249-sonli maktab o‘qituvchisi;
🥈2-oʻrin: Otabek Hasanov - Toshkent viloyati, Zangiota tumani Qorako‘l NTM o‘qituvchisi
🥉3-oʻrin: Shirin Baratov - Toshkent viloyati, Ohangaron shahar ITMA IM o‘qituvchisi.
Gʻoliblar maxsus diplom hamda esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandi.
Barcha g‘oliblarni tabriklaymiz va kelgusi olimpiadalarda ulkan zafarlar tilaymiz!
Ilm — taraqqiyot va yuksalish kalitidir. Har bir yutuq — yorqin kelajak sari qo‘yilgan mustahkam qadamdir.