Tadbir doirasida Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i Iroda Yuldasheva, shahar prokuraturasi bo'lim boshlig'i Dilmurod Baymetov hamda boshqa mas'ullar maktab o'quvchilariga yaratilgan shart-sharoitlar o'rgandi.
Seminar doirasida mas'ullarga Prezidentimizning “2025 yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Qarori mazmun-mohiyati tushuntirilib, ijrosini ta'minlash yuzasidan zarur ko'rsatma va tavsiyalar berildi.
Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati