Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 15-май 2025, 21:14
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Oʻtgan yili 1,5 mingta maktabda Prezident va ixtisoslashgan maktablarning taʼlim dasturi joriy qilindi


Shundan 300 tasida zamonaviy laboratoriya va oʻquv jihozlari yoʻqligi qayd etildi. Ikki yil oldin tarmoqlar talabi asosida 289 ta maktabning 10-sinf oʻquvchilariga 60 turdagi kasblarni oʻrgatish boshlandi. Shundan 114 ta maktabga tadbirkorlar biriktirilib, 4 ming oʻquvchi 2 milliondan 5 million soʻmgacha oylik olayapti.

Dehqonobod, Gʻuzor, Kosonsoy, Mingbuloq, Uychi, Guliston, Sardoba, Xovos, Boysun, Denov, Shoʻrchi, Muzrabot, Buvayda, Dangʻara, Hazorasp, Xonqa tumanlari hokimlariga  bittadan maktabni ushbu tizimga moslashtirish topshirigʻi berilgan edi.

Lekin, ular kasbga oʻqitish uchun na zarur jihoz, na xom ashyo olib bergani tanqid qilindi.