Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 2-июль 2025, 21:52
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Yunusobod tumanidagi 288-sonli umumta'lim maktabida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasidagi tadbirlarga start berildi

Jumladan, kuni kecha mazkur maktab o'quvchilari O'zbekiston Temiryo'llari aksionerlik jamiyati tashabbusi bilan Temiryo'llari madaniyat saroyi va Temiryo'llar mezeyiga taklif qilindilar. 
O'quvchilar bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazib, attraksionlarda uchdilar, muzeydagi eksponatlarni, texnikalarni ko'rib, ularning tarixi to'g'risida ma'lumot olishdi. Shuningdek, muzey qoshida ochilgan kutubxonadagi adabiyotlar bilan tanishdilar.