Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 7-февраль 2026, 19:45
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Yunusobod tumani 288-maktabda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga va xalqimizga qilgan Murojaatnomasiga bag‘ishlangan majlis bo‘lib o‘tdi


Yunusobod tumani 288-maktabda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga va xalqimizga qilgan Murojaatnomasiga bag‘ishlangan majlis bo‘lib o‘tdi. Majlis “Prezidentimiz Murojaatnomasi – islohotlarning real natijalari, o‘zgarishlarning hayotimizdagi aks etishi va kelgusi ustuvor vazifalar aniq fakt va raqamlarda” mavzusida tashkil etildi.
Majlisda Yunusobod tumani  288-maktabi tarix va huquq fan o'qituvchisi ishtirok etib, Murojaatnomada belgilab berilgan ta’lim sohasiga oid ustuvor yo‘nalishlar, amalga oshirilayotgan islohotlarning amaliy natijalari hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan batafsil ma’lumot berdi.
Majlisda 288-maktab pedagoglari va texnik xodimlari faol ishtirok etib, ta’lim sifatini oshirish, o‘zgarishlarni amaliyotga samarali tatbiq etish bo‘yicha fikr va takliflar bildirildi.