2023-2024-O‘quv yili uchun 1-sinfga qabul 20-iyundan boshlanadi.
O‘rnatilgan
tartibga ko‘ra, 1-sinfga qabul jarayonlari 2 bosqichda amalga oshiriladi.
1-BOSQICH: mikro-hudud doirasida
(20-iyun – 31-iyul)
2-BOSQICH: mikro-hududdan tashqarida
(1 - 15-avgust)
43 ta tuman (shahar)da 1-sinfga qabul jarayonlari elektron shaklda davlat xizmatlari orqali amalga oshiriladi.
Bunda, ota-onalar
20-iyun soat 12-00 dan boshlab
my.maktab.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, ariza topshirishlari mumkin. Qolgan tumanlarda an’anaviy shaklda, ya’ni bevosita maktab tomonidan qabul qilinib, 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilar vazirlik elektron tizimi
(adm.maktab.uz)ga kiritiladi va nazorat etib boriladi.
Ma’lumot uchun:
2023-2024-o‘quv yilida respublikamiz bo‘yicha 730 mingdan ortiq bolalar 1-sinfga qabul qilinishi rejalashtirilgan.
Muhim eslatma! “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning (9-moddasi)ga asosan bolalar, ular 7️ yoshga to‘ladigan yilda maktabga qabul qilinadi. 2023 yil 1-sinflarga 2016-yilning 1-yanvaridan 31-dekabriga qadar tug‘ilgan bolalar qabul qilinadi.
Elektron qabul jarayonlari yuzasidan Vazirlik Call-markazining
71-203-07-04 raqami yoki telegramdagi
@mymaktab_uz rasmiy kanali orqali qo‘shimcha ma’lumot olishingiz mumkin.